Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalar Milliy hunarmandchilik markazida bo'lishi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalar Milliy hunarmandchilik markazida bo'lishi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari va guruh tyutori Arifdjanova D.Sh. boshchiligida, beshta muhim tashabbusning 5- yo'nalishi asosida A1-23Ao' guruh talaba qizlari bilan Poytaxtimiz Shayxontohur tumanidagi Miliy hunardmachilik markaziga borildi. U yerda kashtachilik bilan shug'uladigan usta birlashma xodimalari talaba qizlarga kashtachilikning sir-asrorlari to'g'risida tushunchalar berishdi. O'zbek milliy kashtado'zlik xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan bo'lib, u xalqning o'z turmushini go'zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro'zg'or bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo'llaniladi.