“Besh tashabbus olimpiadasi” - Rektor kubogi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishini ta’minlash, sportga keng jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” - “Rektor kubogi” sport musobaqalari muntazam tashkil etilmoqda.
Jumladan, joriy yilning oktyabr oyida “Besh tashabbus
olimpiadasi” doirasida talabalar “Rektor kubogi” doirasida Futbol, Stol tennis,
Shashka, Shaxmat, Voleybol, Badminton sport turlari bo’yicha bellashib, yuqori
o’rinlarni egalladilar. Musobaqalar yakunida g‘oliblar universitet rahbariyati
tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi. TAQU rektori
Erсan Kahya hamda Talabalar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat dekanati
dekani N.Kurbanova sovrinlarni oʻz egalariga topshirdilar. Bu esa yoshlarni
yanada shijoatlariga shijoat qo‘shib, ularni kelgusida bundanda yuksak
marralarni zabt etishga ilhomlantirdi.